18 Mart 2020 yil
911
Yo'l qoidasi buzilishi natijasida o'lim qayd etildi
Angor tumanida 2020 yilning 16 mart kuni soat 21.15 lar chamasida, tumanning "yuqori-Xo'jaqiya" mahallasi hududidan o'tuvchi 1426 kilometrida, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi R.F. boshqaruvidagi "kobalt" rusumli avtoulovi bilan yo'lni o'ngdan chapga kesib o'tayotgan piyoda, tumanning "Yangiobod" mahallasida yashovchi B.M. ismli ayolni turtib yuborgan. Natijada, B.M. Su-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 17 mart kunidagi xulosasiga ko'ra "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan, 2020 yilning 17 mart kuni R.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati