17 Noyabr 2022 yil
401
"Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Surxondaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi YPX xodimlari va viloyat Transport boshqarmasi, hamkorligida PQ-190-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida Termiz shahrida joylashgan 9-MTM jamoasi bilan tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida, jajji bolajonlar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish borasida o‘z bilimlarini oshirish bilan birga, harakat ishtirokchisi ekanligini his etishdi.