3 Fevral 2024 yil
584
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamagani uchun mas’ullarga chora ko‘rildi.
Qiziriq tumanida davlat ahamiyatidagi
avtomobil yo‘lida YHXB bilan kelishmagan holda qurilish-qazish ishlarini olib borgani
uchun Qiziriq tuman Yo‘llardan foydalanish DM va M41 xalqaro avtomobil yo‘lining
1616 km da joylashgan svetofor qurilmasida yuzaga kelgan nosozlikni o‘z vaqtida
bartaraf etmagani uchun Termiz tumani Yo‘llardan foydalanish DM rahbarlariga nisbatan
tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.