1 May 2021 yil 576

Jinoyatga etaklagan janjal

Oltinsoy tumanida 2021 yilning 20 mart kuni taxminan soat 19.20 lar chamasida, tumanning "Sayrak" mahallasida yashovchi, B.Botir mahalladoshi, u.Umid bilan o'zaro janjal oqibatida bir-birlarini qo'li bilan duch kelgan joylariga urishib, B.Botirga "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati, u.Umidga sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati etkazgan. Natijada, 9 aprel kuni B.Botirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, u.Umidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Jahli chiqqanida achchiqni jilovlayolmagan bu ikki shovvozlar o'zaro bir birlariga hurmat e'tiborda bo'lganida, yuqoridagi holat bo'lmagan bo'lar edi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech