15 Iyun 2021 yil
696
Jinoyatchi qochoq qo'lga olindi
Termiz shahrida 2018 yil 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi (bochqinchilik) va 267-moddasi 1-qismda (transport vositasini olib qochish), ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi "qamoq" qo'llanilgan, Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan, A.Baxodir 22 may kuni shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'lga olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati