14 Avgust 2021 yil
475
Jinoyat sodir etgan Qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil may oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi "qamoq" qo'llanilgan, Oltinsoy tumani "Xayrondara" mahallasida yashovchi, M.Asliddin 2 avgust kuni Oltinsoy tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, Oltinsoy tumani IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati