29 Noyabr 2021 yil 269

Jarqo'rg'on tumani IIBda, sportning "Mini futbol turi bo'yicha IIB boshlig'ining kubogi" sport musobaqasi o'tkazildi

Ma'lumki, joriy yilning 15 noyabr kunidan 15 dekabriga qadar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan soha xodimlari uchun "Kasbiy tayyorgarlik oyligi"-deb, e'lon qilingan. Ushbu oylik doirasida, Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi tomonidan ham turli aktsiyalar tashkil etilib, tizim xodimlarining kasbiy malaka va ko'nikmalari oshirilmoqda.
Buning yorqin misolida, Jarqo'rg'on tumani IIBda, sportning "Mini futbol turi bo'yicha IIB boshlig'ining kubogi" sport musobaqasi o'tkazildi. Bunda ichki ishlar xodimlari o'rtasida tuzilgan futbol terma jamoalari murosasiz kurash olib borishdi. O'yin natijalariga ko'ra, g'olib jamolar qimmatbaho esdalik sovg'lari hamda g'oliblik kubogi bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech