5 Iyul 2022 yil
477
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi - mening Konstitutsiyam
Sherobod tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tomonidan tumanning "Qishloqbozor", "Cho‘yinchi", "Sherobod", "Katta bog‘", "Xo‘jaqiya-1" hamda "Istiqbol" mahallalarida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla faollari ishtirok etishdi. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda ularning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.