26 Dekabr 2022 yil
325
“Yangi yil" bayrami munosabati bilan xalqimizga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazish maqsad qilingan
Surxondaryo viloyat IIB JXX JTSB Karantin bo‘linmasi, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda viloyatning mutassadi idoralari xodimlari bilan hamkorlikda "Yangi yil" bayrami munosabati bilan xalqimiz dasturxoniga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bunda asosiy e’tibor sifatsiz, iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosiga chek qo‘yish hamda narx-navoning sun’iy o‘sishining oldini olishga qaratilmoqda.