14 Iyul 2023 yil 366

Qiziriq  tumanida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi

Joriy yilning 14 iyul kuni Qiziriq  tumani IIB majlislar zalida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa aosoan, Qiziriq tuman IIB sohaviy xizmatlari tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan tanqidiy tahlilga asoslangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Xo‘jamqulov, tuman IIB barcha shaxsiy tarkibi  ishtirok etishdi.

Ushbu yig‘ilishda mas’ullar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilikka, terrorizmga qarshi kurashish, ularning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholining murojaatlarini hal etish, Xotin qizlar masalalari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni doimiy o‘rganib borishga qaratilgan keng ko‘lamli bir qator amaliy-tashkiliy, tezkor va profilaktik tadbirlar hamda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato kamchilliklar yig‘ilish ishtirokchilarga yetkazildi. 

Yig‘ilishda xizmat faoliyati davomida xizmat intizomiga rioya qilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida xizmat hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan, jinoyatchilikka qarshi kurashishda xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator xodimlar viloyat IIB rahbariyati tomonidan badiiy kitoblar to‘plami va esdalik sovg‘alar bilan rahbatlantirildi.

Text to speech