13 Avgust 2024 yil 308

Qiziriq tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Qiziriq tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan B.Ibroximov tomanidan Probatsiya xisobida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan Qiziriq tumanida joylashgan Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda nazorat ostidagi yoshlarga tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda kasb hunarlar yo‘nalishlari tanishtirilib, 2 nafar mahkumning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarga kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari, tegishli sud organlari tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarga rioya qilishlari yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Text to speech