29 Iyul 2024 yil 287

Qiziriq tumanida “Probatsiya oyligi” davomida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Qiziriq tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari I.Abdullaev hamda Qiziriq tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori B.Ibroximovlar tomonidan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya hisobida jazo muddatini o‘tayotgan Yoshlar va nazorat ostidagi shaxslar bilan Qiziriq tuman Soliq inspeksiyasi binosida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarga soliq tizimida olib borilayotgan islohatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilib, qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech