20 Sentyabr 2022 yil 218

Qiziriq tumanida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Mamlakatimiz bo‘ylab 2022 yil 10 sentabrdan 10 oktabrga qadar ichki ishlar organlarida «Kasbiy tayyorgarlik oyligi» deb e’lon qilingan.

Bugun Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limida "Kasbiy tayergarlik oyligi" doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan tumandagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga Qiziriq tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov hamda mas’ul xodimlari Qiziriq tumani tarixi, sohibqiron bobolarimiz, harbiylar o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar haqida ma’lumotlar va kelajakda ichki ishlar xodimi bo‘lishni niyat qilgan o‘quvchilarga kerakli maslahatlar berishdi. Avtomatlarni sozlashga doir o‘quv mashg‘ulot ham o‘tishdi.

Ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurgan o‘quvchilar juda ham ko‘plab  ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech