13 Sentyabr 2024 yil
230
Qiziriq tumanida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 30 avgust kunidagi PF-128 son Farmoniga asosan, Qiziriq
tumani IIB mas’ullari tomonidan tumanda doimiy yashovchi 2 nafar fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali
ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligiga qabul qilinganlar Prezidentimizning chiqargan farmonlaridan mamnunligini
izhor etishib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.