13 Sentyabr 2022 yil 195

Qiziriq tuman ichki ishlar organlarida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida situatsion o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Mamlakatimiz bo‘ylab 2022 yil 10 sentabrdan 10 oktabrga qadar ichki ishlar organlarida «Kasbiy tayyorgarlik oyligi» deb e’lon qilingan.

Mazkur "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida joriy yilning 12 sentabr kuni Qizirik tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan kuch va vositalarning huquqbuzarlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, jismoniy kuch ishlatish hamda jangovar shayligiga doir ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, tuman IIB jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektorlari bilan situatsion o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Text to speech