26 Aprel 2023 yil 1426

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Surxondaryo viloyat Denov tuman Katta karshi mahallasida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan...” videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat.

Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Denov tumanida yashovchi M.A.ismli ayol farzandi X.S. ismli qizini “2023 yil 22 aprel kuni soat 13-00larda ko‘chaga o‘rtoqlari bilan o‘ynash maqsadida chiqadi va oradan biroz vaqt o‘tganidan keyin onasi uni chaqirganligini eshitib, onasidan ko‘rqqanidan yashirinadi.  Onasi qizini taxminan 40 minutlar ko‘chadan qidiradi va qizi topilganidan keyin uni uyiga olib kirib, tayoqcha bilan uni urib kaltaklagan.

Hozirgi vaqtda X.S. ismli qiz Denov tuman markaziy kasalxonasida davolanib kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech