24 Noyabr 2022 yil 804

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo IIBsi nega avtohalokatni yashirmoqda?” –mavzusida tarqalgan xabar yuzasidan

Aniqlanishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 13-47 larda fuqaro S. (ayol) o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli transport vositasida  Termiz shahri, “Jayhun” mahallasi hududida joylashgan At-Termiziy markaziy yo‘lida “Yubileyniy” supermarketi-Davlat arxeologiya muzeyi yo‘nalishida harakatlanib kelib, harakati davomida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zining yo‘liga nisbatan qarama-qarshi harakat yo‘l qatnov qismiga chiqib ketgan va qarama-qarshi harakat yo‘lagidan harakatlanib kelayotgan fuqaro H. (erkak)ning boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli transport vositasi  bilan to‘qnashgani oqibatida “Kobalt” rusumli transport vositasining orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi Sh. (ayol) sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “og‘ir tan jarohati” olgan.

Mazkur xolat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi Termiz shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini yana bir bor eslatadi.

Text to speech