27 Yanvar 2023 yil 350

Iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari yo‘q qilinib, egasiga chora ko‘rildi

Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 14-00 larda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Darband” YPX maskanida Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazildi.

tadbir davomida, Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Sho‘rchi tumanida yashovchi 1990 yilda to‘g‘ilgan fuqaro K.Jamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Kobil rusumli avtomashina to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganda, biror bir veterinariya hujjatlarisiz 103 (bir yuz uch) kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari Boysun tuman laboratoriyasida iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida, tekshiruvdan o‘tkazilganda, laboratoriya tekshiruvchi xulosasiga ko‘ra iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109 moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda noma’lum sharoitda so‘yilgan mol go‘shti belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech