11 Iyul 2022 yil 737

Issiqxonada parvarishlanayotgan 4 tup nasha fosh etildi

Denov tumanida 2022 yil 22 iyun kuni soat 12.00 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbir davomida, tumanning “Katta qarshi” mahallasida yashovchi, Sh.Ziyodaning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tomorqasidagi issiqxonasida, jami 4 tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va hujjatlashtirib olingan. 04 iyul kuni Sh.Ziyodaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech