“Intizom oyligi” doirasida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar va ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilmoqda
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xotin-qizlar o‘rtasida “Qonuniylikni ta’minlash va temir
intizom oyligi” shiori ostida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik
ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda viloyat IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga”
tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat qilayotgan xodimalarning
oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga
borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib,
xodimlar va ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.