26 Iyun 2024 yil 320

“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan Oltinsoy tumani IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 10 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori ijrosini ta’minlash mafqsadida, joriy yilning 25 iyun kuni, viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB boshlig‘i maslahatchisi iste’fodagi podpolkovnik Xolbo‘ta Ergashev, viloyat IIB Faxriylar kengashi, Oltinsoy tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida Denov tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Husan Nurmatov so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuhamedov tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan faxriy ustozlarga yo‘llagan ko‘rsatmasini o‘qib eshittirib, yig‘ilishga ishtirok etgan faxriy ustozlarning muammo va takliflarini o‘rganib, mas’ul rahbarlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar yuklash bilan birga, xozirgi kunda IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy amal qilishlarini haqida topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish davomida Oltinsoy tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar kengashi raisi etib, iste’fodagi polkovnik Juma Sodiqov bir ovozdan ma’qullandi.

Shundan so‘ng, Oltinsoy tumani IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Juma Sodiqovning joriy yilda faxriylar va yosh xodimlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilgan reja-grafigi tinglandi.

Shuningdek, ushbu tadbir davomida “Uch avlod” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda  xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.

Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech