“Intizom oyligi” doirasida Boysun tumani IIBda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki
ishlar organlarida “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bugun
viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.F.Shadiev tomonidan Boysun tumani IIBda xizmat
olib borayotgan xodimlar ishtirokida tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari so‘zga chiqib, joriy yilning 6 oyi davomida tuman IIB xodimlari tomonidan
yo‘l-qo‘yilgan kamchiliklar haqida to‘xtalib, hozirgi kunda Ichki ishlar organlarida
“Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda
faol ishtirok etishlari, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga
qat’iy amal qilishlari haqida tegishli topshiriqlar berdi.