29 Iyun 2024 yil 391

“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari o‘rganildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishga qaratildi.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.

Text to speech