“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan Denov tumani IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 10 may kunidagi
tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar
ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning
turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori ijrosini ta’minlash mafqsadida, joriy
yilning 25 iyun kuni, viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB boshlig‘i maslahatchisi
iste’fodagi podpolkovnik Ergashev Xolbo‘ta Xusanovich, viloyat IIB Faxriylar kengashi,
Denov tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida
Denov tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod”
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadarlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmatov Husan Pardaevich
so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda
viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib,
bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini
alohida ta’kidlab, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuhamedov
tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan faxriy ustozlarga yo‘llagan ko‘rsatmasini
o‘qib eshittirib, yig‘ilishga ishtirok etgan faxriy ustozlarning muammo va takliflarini
o‘rganib, mas’ul rahbarlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar
yuklash bilan birga, xozirgi kunda IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi
munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari, tuman IIBda
xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy amal qilishlarini haqida
topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish davomida Denov tumani IIB Faxriylar kengashi
raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar
kengashi raisi etib, iste’fodagi podpolkovnik Muhammadi Qurbonov bir ovozdan ma’qullandi.
Shundan so‘ng, Denov tumani IIB Faxriylar kengashi raisi
iste’fodagi podpolkovnik Muhammadi Qurbonovning joriy yilda faxriylar va yosh xodimlar
yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilgan reja-grafigi tinglandi.
Shuningdek, ushbu tadbir davomida “Uch avlod” uchrashuvi
ham bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib,
tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat
intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa
har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda
xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir
qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.