“Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida navbatdagi maxsus unvonini olish uchun atestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlarning psixoemotsiyanal holati o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash
guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
tizimida katta leytenant maxsus unvonini olish uchun atestatsiyadan o‘tkaziladigan
xodimlarning psixoemotsiyanal xolati o‘rganildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad xodimalarning individual–psixologik
xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik,
bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini
ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga
to‘g‘ri baho berishga qaratilgan.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar
bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.