Ikki nafar inson o'limiga sabab bo'lgan yo'l transport hodisasi
Qumqo'rg'on tumanida 2020 yilning 27 iyun kuni tuman ichki ishlar bo'limi huquqbuzarliklar profitaktikasi bo'limi profilaktika inspektorining xabariga ko'ra, taxminan soat 18.30 lar chamasida, tumanning "Achamoyli" mahallasi hududidan o'tuvchi 4R-101 avtomobil yo'lining 16 kilometrida, Termiz shahri "Do'stlik" mahallasida yashovchi B.Sh. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtoulovi harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yo'nalishga chiqib, ushbu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, Qumqo'rg'on tumani "Arslonboyli" mahallasida yashovchi J.F. boshqaruvidagi VAZ-2101 rusumli avtoulovi bilan to'qnashgan. Natijada, Matiz rusumli avtoulovi yo'lovchilari, Termiz shaharida yashagan J.M. va haydovchi B.Sh.ning qaramog'idagi farzandi voyaga etmagan N.N.lar "hayot uchun xavfli bilan og'ir" tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan 27 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati