22 Iyun 2020 yil
635
Ikki kishi bir kishini urib tan jarohati etkazishdi
Boysun tumanida 2020 yilning 18 iyun kuni soat 13.00 da, tumanning "Pasurxi" mahallasida yashovchilar, G'.Sh. va A.J.lar mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi A.U.ni o'zaro janjal oqibatida duch kelgan joylariga tayoq bilan urishib, A.U.ga "o'rtacha og'irlikda"gi shikast etkazgan. 19 iyun kuni G'.Sh. va A.J.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismining "i" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati