2 May 2023 yil
297
IIVning 2023 yil 11 aprel kunidagi farmoyishiga asosan, ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan "Manaviyat oyligi" doirasida Surxondaryo viloyati IIB xodimlari navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, ularning irodaviy sifatlarini rivojlantirish, sog‘ligini yaxshilash, mustahkamlash hamda yuksak ish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati