IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yashil makon" aktsiyasi o'tkazilishi davom etmoqda
Joriy yilning 2-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi topshiriq ijrosi hamda 2021-yil 5-noyabr kuni ichki ishlar vazirligi va O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroya qo'mitasi o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qo'shma qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida, IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.V.Buriev boshchiligida barcha o'qituvchi va o'quvchilar hamda ishchi xodimlar faol ishtirok etib, igna bargli manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Aktsiya doirasida akademik litsey hududiga bugunga qadar 250 dan ziyod manzarali ko'chatlar ekish ishlari amalga oshirildi.