14 Dekabr 2021 yil 407

IIV Surxondaryo akademik litseyida, "Kasbiy tayyorgarlik" oyligi doirasida, onlayn seminar mashg'ulotlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2021-yil 9-noyabr kunidagi farmoyishiga asosan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar "Kasbiy tayyorgarlik" oyligi davomida IIV malaka oshirish instituti tomonidan "Axborot xurujidan foydalanib, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos hususiyatlari" mavzusida onlayn seminar treyning mashg'uloti o'kazildi. Mazkur onlayn seminar treyning mashg'ulotida IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchi-yoshlari ham faol ishtirok etishib, o'zlarining bilim va ko'nikmalarini o'rtoqlashib, institutning professor-o'qituvchilari bilan savol-javoblar qilishdi. O'tkazilgan onlayn seminar-mashg'ulotida institutning professor-o'qituvchilar tomonidan o'quvchi-yoshlarga zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarini oshirishga doir tushunchalar berib o'tishdi.

Text to speech