IIV Surxondaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimotlari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan nashr etilgan "Ichki ishlar organlarining mard o'g'lonlari", "El yurt osoyishtaligi generallari", "Faxriylarimiz faxrimiz" kitoblari hamda Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nashr etilgan "El-yurt oromini avaylab asrab..."nomli kitoblari taqdimotlari bo'lib o'tdi. IIV faxriylar kengashi a'zosi, yuridik fanlari doktori polkovnik Sattorov Abdug'afur Hamidovich va IIV Akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik quvonch Bekmurodovich Qodirovlar ishtirok etishdi. Taqdimot yakunida, akademik litseyning kutubxonasiga kitoblar in'om etildi. O'qituvchi va o'quvchilarga kitoblar sovg'a qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati