1 Mart 2022 yil
447
IIV Surxondaryo akademik liseyida, "Zulfiya - tong kuychisi" deb, nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Tabiat uyqudan uyg'onar ekan, ko'z oldimizda dunyo rangin qiyofalarda namoyon bo'ladi. Qalbimiz go'zalliklar tomon oshiqadi. Bahorning ilk kunlarida yangragan Zulfiyaxonimning latif ash'orlari esa dillarimizni uyg'otgandek bo'ladi go'yo...
IIV Surxondaryo akademik liseyi ham bahorning ilk kuni, ya'ni 1-mart sanasini ko'tarinki kayfiyatda "Zulfiya - tong kuychisi" deb, nomlangan bayram tadbiri bilan boshladi. Tadbirda vafo va sadoqat timsoli ila dillarimizdan joy olgan Zulfiyaxonim ijodidan lavhalar tinglandi. Hali hanuz uning ijodida o'zbek ayollariga xos bo'lgan haqiqiy mehr va muhabbat timsoli jo'sh urib turadi.