28 Fevral 2022 yil 631

IIV Surxondaryo akademik liseyida, "Giyohvandlik asr vabosi" va "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 26-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxasisi R.To'raxo'jaevlar ishtirokida fevral oyida yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishga qarshi kurashish oyligi o'tkazilayotganligi munosabati bilan "Giyohvandlik asr vabosi" va "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda mutaxasislar tomonidan giyohvand moddalarning iste'moli salbiy oqibatlari va OITS haqida tushuncha, yuqish yo'llari to'g'risida ma'lumotlar berilib, o'quvchilarga mavzuga oid bukletlar tarqatilib, videorolik qo'yib berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech