15 Aprel 2023 yil
343
IIV Surxondaryo akademik litseyida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zakovat" intellektual o‘yinlarini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida “Zakovat” intellektual klubi raisi Tarix fani o‘qituvchisi Azamat Qulliev boshchiligida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yini yakuniga ko‘ra;
1-o‘rinni 6/22-guruhining "Demokratlar" jamoasi
2-o‘rinni 7/22-guruhining "MVD" jamoasi
3-o‘rinni 5/22-guruhining "Femida" jamoasi egallashdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib tarzda taqdirlanishdi.