21 Oktyabr 2022 yil
411
IIV Surxondaryo akademik litseyida "O‘zligimiz timsoli - ona tilim" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-avgust kungi 189-sonli farmoyishi talablariga asosan Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida "Ona tili" fan oyligi o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida "O‘zligimiz timsoli - ona tilim" mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda alohida nominatsiyalar asosida g‘oliblar aniqlab olinib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.