7 Yanvar 2023 yil 353

IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quv seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov huzurida 2022-yilning 26-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6 yanvar kuni akademik litseyi pedagoglari ishtirokida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv-seminarda akademik litsey pedagoglari noan’anaviy usulda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Text to speech