19 Dekabr 2022 yil
343
IIV Surxondaryo akademik litseyida mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov o‘quvchilarga o‘z ustida tinimsiz shug‘ullanishi kerakligini, xorijiy tillarni puxta o‘rganib, badiiy adabiyotlarni muntazam mutola qilib borish kerak ekanligi, bunda ayniqsa IIV tomonidan o‘qilishi kerak deb belgilangan 39 turdagi o‘zbek va jahon adabiyotlarini muntazam o‘qib borish lozimligi ta’kinlandi.
O‘tkazilgan mahorat darsi davomida I.Ketmonov o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berdi.