20 Fevral 2023 yil 174

IIV Surxondaryo akademik litseyi o’quvchilari jangovar tayyorgarlik bo‘yicha g‘oliblar safiga qo‘shildi

Ichki ishlar vazirining 2023-yilning 25-yanvardagi 18-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahar Jar sport-sog‘lomlashtirish markazida Ichki ishlar vazirligi ta‘lim muassasalari o’quvchilari o‘rtasida "Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha ko'rgazmali chiqishlar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilari ham munosib tarzda ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiyev tomonidan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma e‘lon qilindi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech