31 May 2023 yil 219

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari "yosh qutqaruvchi" musobaqasining respublika bosqichi sovrindori bo‘lishdi

 Joriy yilning 26-29-may kunlari Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining Respublika bosqichida IIV Surxondaryo akademik litseyining "Lochin" jamoasi munosib ishtirok etib, Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa ichida "Estafeta" va "Yuqori qavatlarda ishlash" nominatsiyalarida 1-o‘rinni egalladi va umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 2-darajali diplom, kumush medallar, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi

Text to speech