IIV Surxondaryo akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi
2023-yilning 9-yanvar kunidagi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18-yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyi pedagog-o‘qituvchilari uchun Oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti "Fuqorolik jamiyati" kafedrasi o‘qituvchisi Falsafa fanlari doktori PhD Murod Allanazarov ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzalarida darslarni tashkil etishda zamonaviy metodlardan foydalanish, ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar va pedagog xodimlarining ilmiy ishlar bilan shug‘illanishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar hamda kerakli bo‘lgan muhim tavsiyalarini berib o‘tdi.