29 Mart 2024 yil 508

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29 mart sanasida IIV Surxondaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvar kunidagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori asosida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Bellashuvda 1-bosqich o‘quvchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. O‘rtaga tashlangan adabiyot, tarix, huquq va boshqa fanlarga oid savollar ishtirokchilarni chinakam mushohadaga undadi.

Bilim va xotira charxi bo‘lmish “"Zakovat" intellektual o‘yini yakunida 4/23-guruhning "Liderlar" jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 6/23-guruhning "Renessans" jamoasi faxrli 2-o‘rinni, 2/23-guruhning "Yosh kursantlar" jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Text to speech