24 Sentyabr 2025 yil
                            
                                216                            
                    IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish, ularning o‘quv jarayonida va o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlaridagi ruhiy barqarorlik darajalarini baholash hamda ularga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlari yuzasidan kerakli maslahatlar berish maqsadida "Art terapiya" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Smenar-trening jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining tushkun holatlardan oson
va yengil chiqib ketish mashqlarini bajarishdi. 
Shuningdek, litsey psixologi Halima Bekmurodova tomonidan ularga insonning ijobiy holati onggi va ruhiga, bu esa uning bilim olishiga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘quvchilarga nazariy hamda amaliy jihatdan tushunchalar berildi.