IIV Surxondaryo Akademik litseyida “Sudga oid ballistik ekspertiza nazariyasi va asoslari" mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘kazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti mayor Fozil Xasanov tomonidan IIV Surxondaryo akademik litseyida “Ballistik ekspertiza” fanidan bugungi kundagi ahamiyatga ega bo‘lgan “Sudga oid ballistik ekspertiza vazifalari va ob’ektlari”ga oid ma’lumotlar keltirilib, unda o‘qotar qurollar, o‘q dorilar, qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish” mavzularida o‘quv va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
O‘quv jarayonida IIV
Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilariga, hozirgi kunda jinoyat sodir etilgan
joyni ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish, qadoqlash
va tergov organlariga taqdim etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar ham berildi.
Shuningdek, hozirgi kunda viloyat
IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonadan o‘tkazilayotgan ekspertiza turlari,
ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etilayotgan ob’ektlar bo‘yicha
tushuntirishlar olib borildi.
Jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatgan ega bo‘lgan qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish, qayd qilish va tadqiqotlar o‘tkazishda ballistika ekspertizasining o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. O‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar tamonidan berilgan savollarga mutaxassis tamonidan javoblar berildi.