IIV Surxondaryo akademik litseyida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning
2021 yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda
shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori ijrosini ta’minlash, shaxmat sportini o‘quvchilar orasida yanada kengroq
rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish orqali ta’lim muassasasida shaxmatni
rivojlantirish maqsadida hamda “Jismoniy va jangovor tayyorgarlik oyligi” doirasida
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar zehni, aql-idroklari yana bir marotaba
sinovdan o‘tkazildi.
IIV Surxondaryo akademik litseyida insonning intellektual
imkoniyatlarini oshiruvchi vosita sifatida o‘ynaladigan sportning shaxmat turi bo‘yicha
musobaqa tashkil etildi.
Murosasiz kechgan musobaqada faxrli:
1-o‘rinni 1/23-guruh
o‘quvchisi I.Mamatkarimov,
2-o‘rinni 2/23-guruh
o‘quvchisi K.To‘xtashev,
3-o‘rinni 3/23-guruh o‘quvchisi L.Bozorovlar qo‘lga kiritishdi.