12 Sentyabr 2025 yil
153
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish, ularning o‘quv jarayonida va o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlaridagi ruhiy barqarorlik darajalarini baholash hamda ularga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlari yuzasidan kerakli maslahatlar berish maqsadida "Psixologiya va men" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Smenar-trening jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining tushkun
holatlardan oson va yengil chiqib ketish mashqlarini bajarishdi.
Shuningdek, litsey psixologi Halima Bekmurodova tomonidan ularga insonning ijobiy holati onggi va ruhiga, bu esa uning bilim olishiga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘quvchilarga nazariy hamda amaliy jihatdan tushunchalar berildi.