8 Oktyabr 2025 yil 132

IIV Surxondaryo akademik litseyida pedagog xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.

 Joriy yilning 8-oktabr kuni, Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida IIV Akademiyasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” fakulteti “Kriminologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, mayor Bobur Aslanov ishtirokida, akademik litseyning pedagog xodimlari ishtirokida amaliy seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mazkur seminar-mashg‘uloti “Dars jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanish” mavzusida boʻlib oʻtdi. Jarayon davomida o‘qituvchilarga interfaol ta’lim uslublarining dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar bilan tajriba almashildi, interfaol metodlarni darslarda qo‘llashning samarali usullari amaliy misollar asosida muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘z faoliyatida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Mazkur seminar-mashg‘ulot pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Text to speech