IIV Surxondaryo akademik litseyida maxsus otryad xodimlari tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Surxondaryo akademik litseyiga joriy yilning 27-sentabr sanasida O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha "Maxsus otryad"i mas’ul xodimlari tomonidan
o‘quv dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Dars mashg‘ulotlarida
o‘quvchilarga Maxsus otryad katta mutaxassislari A.Rahimov, mayor Z.Muhammadievlar
otryad portlatish qurilmalari va qo‘lbola portlatish qurilmalari haqida ko‘rgazmali
chiqishlari orqali ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, robot
manupulyatori va maxsus asbob uskunalar yuzasidan o‘quvchilarga amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘uloti so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.