13 Noyabr 2023 yil 845

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo akademik litseyida ikki turdan iborat bo‘lgan an’anaviy “Zakovat” turniri tashkil etildi.

Tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida akademik litsey o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan 10 ta jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahslarda umumiy natijalarga ko‘ra 1/23-guruh “Yosh akademiklar” jamoasi faxrli - 1-o‘rinni, 3/23-guruh “Tarmeta” jamoasi - 2-o‘rin, 2/23-guruh “Yosh kursantlar” jamoasi – 3-o‘rinni egalladilar.

Text to speech