IIV Surxondaryo akademik litseyida tartib intizom va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan o‘quvchilarning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo
akademik litseyida o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda litsey o‘qituvchilari
ishtirokida xizmat va tartib intizomi, qonunchilikka rioya etishlari borasida yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi mas’ul xodimi A.X.Jumanov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida barcha qatnashchilarga
o‘quvchilar tomonidan oliy ta’lim muassasalariga shu jumladan, IIV Akademiyasining
kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari, noqonuniy yo‘llar orqali o‘qishga
kiritib qo‘yishni va’da qiladigan firibgarlarga ishonmasliklari to‘g‘risida tushuntirishlar
berilib, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan
ishlab chiqilgan broshyuralar tarqatildi.
Yig‘ilish yakunida o‘quvchi va ota-onalar
mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.