16 Avgust 2024 yil
259
IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Angor tumanidagi “Ishga marhamat” Monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i
polkovnik Sh.Uralov “Ishga Marxamat” Monomarkazida “maishiy texnikalarni ta’mirlash”
bo‘yicha 3 oylik o‘quv kursida Probatsiya nazorati ostidagi 5 nafar shaxslarning
o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, ular bilan suhbat olib bordi, suhbat davomida,
bekorchilikdan ko‘p nomaqul ishlar kelib chiqishini aytib, yoshlarga o‘zining tavsiya
va maslahatlarini berib o‘tdi.
Shuningdek, probatsiya
nazorati ostidagi yoshlarga kelgusida o‘zlarining bilim saviyalarini oshirishi uchun
badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Probatsiya
xizmati boshlig‘i tomonidan viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.